22-modda. Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari butligini taʼminlash
Pochta aloqasi toʻgʻrisida (118-II-son) · Sana: 31.08.2000 · Amalda
Operator va provayderlar pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarining butligini taʼminlaydilar.
Operatorlar bilan provayderlar oʻrtasidagi pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlarini qabul qilish va topshirish pochta qoidalarida belgilangan tartibda, beriladigan va qabul qilinadigan pochta joʻnatmalari hamda pul mablagʻlarining hujjatlashtirib qayd etilishi taʼminlangan holda amalga oshiriladi.
Pochta joʻnatmalari va pul mablagʻlari tashiladigan transport vositalari belgilangan norma va qoidalarga muvofiq jihozlangan boʻlishi kerak.
Pochta joʻnatmalariga ishlov beriladigan va pul mablagʻlari saqlanadigan binolar, xonalar zarur asbob-uskunalar, qoʻriqlash-yongʻinga qarshi signalizatsiya vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Qimmatli pochta joʻnatmalari sugʻurtalanishi shart. Qimmatli pochta joʻnatmalarini sugʻurtalash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
