2-modda
Standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 25.01.2007 · Amalda
Tomonlar quyidagilarni almashishga kelishdilar:
(a) standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohasida meʼyoriy hujjatlar, axborotlar va davriy nashrlarni,
(b) milliy standartlarni tayyorlash uchun milliy standartlar, normalar va protseduralari kataloglarini,
(c) akkreditatsiyalash boʻyicha umumiy axborot va nashrlarni,
(d) standartlashtirish va metrologiya sohasida mutaxassislarni oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha maʼlumot hamda materiallarni.
