Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-155-son) · Sana: 21.04.2008 · Amalda
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, shuningdek tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar sugʻurta tovonining miqdorini aniqlash maqsadida sugʻurta hodisalari sodir boʻlishining sabablari va holatlari toʻgʻrisidagi hamda yetkazilgan zarar haqidagi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va xulosalarni sugʻurtalovchilarning hamda Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasining soʻroviga koʻra taqdim etishi shart.
Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi va maxsus vakolatli davlat organi Toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborotni muntazam ayirboshlaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1342474
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 36-modda. Axborotni ayirboshlash Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-155-son). neolex.uz/uz/laws/law-1342476/36 (lex.uz/docs/-1342474)