8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari
Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida (174-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufiga:
oʻziga qarashli hududlarda arxitektura-shaharsozlik faoliyatiga daxldor masalalarni hal etish;
chegaradosh aholi punktlari hamda hududlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlar, rejalar, loyihalar va ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyobga chiqarish;
oʻziga qarashli hududda joylashgan shahar va qishloq aholi punktlarini loyiha-rejalash hujjatlari bilan taʼminlash;
aholini oqilona joylashtirish, hududni tashkil etish, transport tizimlari, ijtimoiy va muhandislik infrastrukturalarini rivojlantirish masalalarini hal etish;
arxitektura-shaharsozlik hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash;
mahalliy davlat hokimiyati organlari obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda bunday obyektlarni qurish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajarish, ularni mablagʻ bilan taʼminlash;
agar ushbu Qonun talablariga, tasdiqlangan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari va aholi punktini qurish qoidalariga muvofiq boʻlmasa, qurilishning barcha turlarini man etish, toʻxtatib turish yoki cheklab qoʻyish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi.
