7-modda. Vazirlar Mahkamasining arxitektura va shaharsozlik sohasidagi vakolatlari
Arxitektura va shaharsozlik toʻgʻrisida (174-I-son) · Sana: 22.12.1995 · Amalda
Arxitektura va shaharsozlik sohasida Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga:
kompleks davlat dasturlarini tasdiqlash va ularning roʻyobga chiqarilishiga koʻmaklashish;
umumdavlat yoki mintaqalararo ahamiyatga molik arxitektura-shaharsozlik va loyiha hujjatlarining asosiy qoidalarini tasdiqlash;
davlatlararo dasturlar roʻyobga chiqarilishida qatnashish;
arxitektura va shaharsozlik boʻyicha hukumatlararo shartnomalar hamda bitimlar tuzish;
loyiha-tadqiqot hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish hamda litsenziya berish tartibini belgilash;
davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibini, arxitektura va shaharsozlik boʻyicha davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilishini, vakolatlarini belgilash;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish kiradi.
