25-modda. Kapital qurilish
Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Korxona Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, respublika Hukumati ayrim hudud zonalari boʻyicha belgilaydigan har xil ishlab chiqarish turlarini joylashtirish haqidagi normativ talablarga, qurilish normalari va qoidalariga, kvotalar va litsenziyalarga rioya etgan holda respublika hududida qurilish joyini tanlab olishda erkindir.
2. Korxona qurilish olib borish uchun har qanday sheriklarni tanlab olishda, pudratchi tashkilotlar konkursini tashkil etishda erkindir, zarur hollarda tegishli qonunlarga, tasdiqlab qoʻyilgan qurilish normalari va qoidalariga amal qilib, qidiruv ishlarini olib boradi, qurilish-montaj ishlarini loyihalash va bajarishni oʻzi amalga oshiradi.
3. Hamma hollarda qurilish loyihasi viloyat yoki respublika ekspert idoralari darajasida davlat ekspertizasidan oʻtkazilib, puxtaligi, chidamliligi, rasman tasdiqlangan xavfsizlik qoidalariga, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilganligi baholanadi.
