1-modda. Korxona va uning asosiy vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida (229-XII-son) · Sana: 15.02.1991 · Amalda
1. Huquqiy shaxs huquqiga ega boʻlgan, mulkchilik huquqi yoki xoʻjalikni toʻla yuritish huquqi boʻyicha oʻziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayirboshlaydigan, ishlarni bajaradigan, xizmat koʻrsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz faoliyatini roʻyobga chiqaradigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi.
2. Korxonaning faoliyati maqsadlarini roʻyobga chiqarishga oʻz mahsuloti, ishlari va xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi aʼzolarining ijtimoiy va iqtisodiy manfaatlarini hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini taʼminlash yoʻli bilan erishiladi.
3. Korxona xoʻjalik faoliyatining har qanday turlarini, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlab qoʻyilgan boʻlmasa va korxona Ustavida koʻzda tutilgan maqsadlar va vazifalariga muvofiq kelsa, amalga oshirish huquqiga ega.
