7-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
1. Agar joʻnatuvchi Tomon qabul qiluvchi Tomonni joʻnatishdan avval yoki joʻnatish paytida yozma ravishda xabardor qilgan boʻlsa, (Tomonlarning tegishli organlari joriy qilgan Maʼmuriy choralarda belgilangan tartibotlarga muvofiq) qabul qiluvchi Tomonning hududiy yurisdiksiyasiga kirish paytida Tomonlar oʻrtasida bevosita ravishda yoki uchinchi mamlakatlar orqali topshiriladigan yadro materiali ushbu Bitimning mavzui boʻladi.
2. Bundan avvalgi bandda qayd etilgan yadro materiali quyidagi holatlargacha ushbu Bitim shartlariga mos keladi:
— undan himoyaga taalluqli yadro maqsadlarida foydalanilmayotgan yoki umuman tiklanmaydigan holatga kelgan boʻlsa, quyida keltiriladigan 5.e) bandda qayd etiladigan bitimga muvofiq himoyani tugatish uchun shartlarga muvofiq aniqlanmasa;
— u quyida keltiriladigan 5.e) bandga muvofiq qabul qiluvchi Tomonning yurisdiksiyasidan chiqmagan boʻlsa; yoki
— Tomonlar uning ushbu Bitim mavzusi boʻlmasligiga kelishgan boʻlsalar.
3. Tomonlar oʻrtasida yadro materiallari va tegishli xizmatlar bilan savdo bozor narxlari boʻyicha amalga oshiriladi.
4. a) Yadro materiallari bilan oʻzaro savdoda Tomonlar tijorat borasida himoya choralarini talab qiluvchi nizoli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka harakat qilishlari zarur. Basharti, bundan qatʼi nazar, ularning yadro materiallari bilan oʻzaro savdosida atom sanoati (shu jumladan uran qazib olish) uchun jiddiy xavf yaratuvchi muammolar yuzaga kelsa, Oʻzbekiston yoki Hamjamiyat, istalgan tomon ad hoc Qoʻmitasi doirasida imkon qadar tezroq muddatlarda maslahatlashuvlar oʻtkazilishini talab qilishi mumkin.
b) Agar maslahatlashuvlar jarayonida bu muammolarni hal etish uchun oʻzaro maqbul qaror topilmasa, maslahatlashuv oʻtkazilishini talab qilgan tomon, muammoni hal etish uchun tegishli tijorat himoya choralarini qabul qilishi yoki ularning taʼsirini oʻzining ichki qonunchiligi va xalqaro huquqning tegishli tamoyillariga muvofiq yumshatishi mumkin.
c) yuqorida keltirilgan (a) va (b) kichik bandlari qoidalarini tatbiq etish Evratom Shartnomasi va shu Bitim asosidagi unga qoʻshimcha qonunlarni, shu jumladan Oʻzbekiston qonunchiligini kamsitmasligi lozim.
5. Yadro materiallarini topshirish quyidagi shartlarga boʻysunishi zarur:
a) Yadro materialidan tinch maqsadlarda foydalanilishi zarur va undan har qanday yadro portlatish uskunasi uchun yoki uni tadqiq qilish yoxud har qanday shu kabi uskunani ishlab chiqish uchun foydalanmaslik lozim;
