13-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
Ushbu Bitim maqsadlarida:
a) “yadro materiali” iborasi MAGATE Nizomining XX moddasida belgilab berilgan atama boʻlib, u parchalanish manbai hisoblangan istalgan material yoki boʻlinib ketishga moyil maxsus materialni anglatadi.
b) “Hamjamiyat” quyidagilarni bildiradi:
i) Yuridik shaxs — atom energiyasi boʻyicha Yevropa Hamjamiyatini taʼsis etuvchi Shartnomaga koʻra tashkil etilgan ushbu Bitimning Tomoni;
ii) hududlar, yuqorida qayd etilgan Shartnoma qoʻllanadigan hududlar;
c) “Tomonlarning tegishli organlari” quyidagilarni anglatadi:
i) Oʻzbekiston uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki manfaatdor Tomon istalgan vaqtda boshqa Tomonni xabardor qilishi mumkin boʻlgan boshqa shunday organ;
ii) Hamjamiyat uchun — Yevropa Ittifoqi Komissiyasi.
