12-modda
Atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2003 · Amalda
1. Bitim Tomonlar diplomatik notalar almashish vositasida u kuchga kiradigan sanani belgilagan kundan boshlab kuchga kirishi hamda dastlabki 5 yil mobaynida oʻz kuchini saqlab qolishi zarur.
2. Natijada, agar istalgan tomon ushbu Bitimning joriy muddati tugashidan kamida 6 oy avval boshqa tomonga yozma ravishda Bitimni harakatdan toʻxtatish yoki yangi muzokaralar oʻtkazishni taklif qilmasa, Bitim oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatga uzaytirilishi lozim.
3. Agar istalgan Tomon yoki Hamjamiyatga aʼzo istalgan mamlakat ushbu Bitimning ahamiyatga ega boʻlgan istalgan qoidasini buzsa, boshqa Tomon yozma xabarnoma yuborib, mazkur Bitim boʻyicha hamkorlikni butunlay yoki qisman toʻxtatishi xususida oʻz maqsadini maʼlum qilishi mumkin. Istalgan boshqa Tomon ana shu maqsadda harakat qilgunga qadar, Tomonlar tuzatishlar kirituvchi choralar qabul qilish hamda bunday choralar qabul qilinishi lozim boʻlgan vaqtincha muddatlar yuzasidan kelishuvga erishish uchun maslahatlashuvlar oʻtkazishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar faqat kelishilgan choralarni muayyan vaqt doirasida amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda yoki avvalgi bandda koʻzda tutilgan, qoidabuzarlikning tabiati va jiddiyligini eʼtiborga olgan holda, maʼlum vaqt oʻtgandan soʻng kelishuvga erishilmagan holda amalga oshirilishi zarur.
