8-modda.
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan tashuvlar oʻz davlatlarining milliy qonunchiligiga muvofiq yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish ruxsat etilgan tashuvchilar tomonidangina amalga oshirilishi mumkin.
2. Yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashishlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari oʻz davlatining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishlari lozim.
Yuk avtomobillari yoki shatakchi avtomobillar Tomonlar davlatlarining roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlgandagina, tirkamalar va yarim tirkamalar boshqa davlatlarning roʻyxatga olish va farqlovchi belgilariga ega boʻlishlari mumkin.
3. Tomonlarning tashuvchilari yoʻlovchi va yuklar tashuvlari amalga oshirilayotgan hudud davlatining harakat qoidalari va boshqa qonunlariga rioya qilishlari lozim.
