7-modda.
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Bir Tomon davlatining tashuvchilari boshqa Tomon davlatining milliy qonun hujjatlariga, shuningdek Tomonlar davlatlari ishtirok etayotgan avtomobil tashuvlari sohasidagi xalqaro shartnomalarning qoidalariga rioya qilishlari shart.
Ushbu Bitimda koʻzda tutilgan tashuvlar Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlariga muvofiq avtomobilda xalqaro harakatlanish uchun ochiq boʻlgan avtomobil yoʻllari orqali amalga oshirilishi lozim. Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari zarur hollarda tashuv yoʻnalishini oʻrnatish huquqiga ega.
2. Tashuvchi yoki uning haydovchilari boshqa Tomon davlati hududida amal qilayotgan qonun hujjatlari yoki ushbu Bitim qoidalarini buzgan holda, huquqbuzarlik sodir etilgan davlat hududidagi Tomonning murojaatiga koʻra, avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtgan hudud Tomoni davlatining vakolatli organlari quyidagi choralardan birini qoʻllashi mumkin:
a) tashuvchini amal qilayotgan qoidalarga rioya qilish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirish;
b) ushbu Bitimga muvofiq tashuvlarni amalga oshirishni vaqtincha man qilish;
v) javobgar tashuvchiga ruxsatnomalarni berishni toʻxtatish yoki boshqa Tomon davlatining vakolatli organi ushbu tashuvchini tashuvlardan chetlatgan muddatga berilgan ruxsatnomani olib qoʻyish.
3. Ushbu moddaning 2-bandi “b” kichik bandiga muvofiq chora huquqbuzarlik sodir etilgan hudud Tomoni davlatining vakolatli organi tomonidan bevosita qoʻllanilishi mumkin.
4. Ikkala Tomon davlatlarining vakolatli organlari koʻrilgan choralar toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar.
5. Tomonlar davlatlarining avtotransport vositalari haydovchilari ular boshqarayotgan avtotransport vositasi toifasiga mos milliy yoki xalqaro haydovchilik guvohnomasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yoʻl harakati toʻgʻrisida 1963-yil 8-noyabrda Venada tuzilgan konvensiya talablariga javob beruvchi avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqida guvohnomaga ega boʻlishlari kerak.
6. Tomonlar davlatlarining avtotashuvchilari huquqbuzarlikni sodir etganliklari uchun huquqbuzarlik sodir etilgan hudud davlatining milliy qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladi.
