5-2-modda.
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoki ularning hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi, ushbu moddaning 2-bandida belgilangan tashishlar bundan mustasno.
2. Ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan ruxsatnoma yoʻlovchilarni nomuntazam tashishlar uchun quyidagi hollarda talab etilmaydi:
a) agar yoʻlovchilar guruhi xuddi shu tarkibda ayni avtobusning oʻzida butun yoʻnalish boʻylab tashilayotgan boʻlsa va bunda:
yoʻnalish avtobus roʻyxatdan oʻtgan Tomon davlati hududida boshlansa va tugasa, yoxud;
yoʻnalish avtobus roʻyxatdan oʻtgan Tomon davlati hududida boshlansa va boshqa Tomon davlatining hududida tugasa, basharti avtobus mazkur boshqa Tomon davlatining hududidan boʻsh qaytsa yoki;
avtobus boshqa Tomon davlati hududiga aynan shu tashuvchi tomonidan ilgari olib borib qoʻyilgan yoʻlovchilar guruhini olib ketish maqsadida boʻsh kirib borsa;
b) nosoz avtobus boshqa avtobus bilan almashtirilsa.
3. Mazkur moddaning 2-bandi a) kichik bandida nazarda tutilgan tashuvlarni amalga oshirishda, avtobus haydovchisi Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan kelishilgan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻlovchilar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
4. Yoʻlovchilarni har bir nomuntazam tashishga bir marta manzilga borish va qaytishni amalga oshirish huquqini beruvchi alohida ruxsatnoma berilishi lozim.
