5-1-modda.
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuv boʻyicha tashkil etiladi.
2. Tomonlar davlatlari oʻrtasida yoki ularning hududlari orqali tranzit tarzda yoʻlovchilarni muntazam tashishlar Tomonlar davlatlari vakolatli organlari tarafidan yoʻnalishning oʻz davlati hududidan oʻtadigan qismiga beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Ruxsatnomalar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari kelishgan tartibda 5 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi.
3. Muntazam tashishlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari tomonidan bir-biriga beriladi va unda quyidagi maʼlumotlar bayon etilishi lozim:
a) tashuvchining nomi;
b) yetkazib berish manzillardagi avtovokzallar (avtostansiyalar) koʻrsatilgan qatnov yoʻnalishi;
v) harakat jadvali va tariflar;
g) tashishlarni amalga oshirishning moʻljallangan muddati va muntazamligi;
d) tashuvchi yoʻlovchilarni chiqaradigan va tushiradigan toʻxtash bekatlari, shuningdek chegaradan oʻtish punktlari;
e) qoʻshma shartnoma, basharti xizmat bir necha tashuvchilar tomonidan birgalikda koʻrsatilayotgan boʻlsa.
4. Tomonlarning vakolatli organlari yoʻlovchilarni muntazam tashishlarni oʻz hududlari orqali tashkil etish tartibini (yozma ravishda) kelishib oladilar.
