13-modda.
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
1. Chegarani kesib oʻtish bilan bogʻliq chegara, bojxona, sanitariya va veterinariya, shuningdek fitosanitariya nazorati hamda atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha nazoratiga nisbatan Tomonlar davlatlari ishtirok etayotgan xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi, ushbu shartnomalarda tartibga solinmagan masalalarni hal etishda har bir Tomon davlatlarining qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
2. Hayvonlar, tez buziladigan hamda xavfli yuklarni avtotransport vositasida tashishda chegara, bojxona, sanitariya, veterinariya hamda fitosanitariya nazorati ustuvor tartibda amalga oshiriladi.
