14-modda
Temir yoʻl transporti sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ushbu Bitim Ahdlashuvchi Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ushbu Bitim besh yillik muddatga tuziladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ushbu Bitimning amal qilishi toʻxtatilgan holda, uning qoidalari u amal qilgan davrda tuzilgan barcha tegishli hujjatlarga nisbatan ularning toʻla bajarilishiga qadar qoʻllaniladi.
Sofiya shahrida 2003-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil yuridik kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilishda qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
