“174-2-modda. Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish va hisobga olish qoidalarini buzish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga, Jinoyat kodeksiga va Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (1085-XII-son) · Sana: 06.05.1994 · Amalda
Neft mahsulotlari bazalarida, omborlarida va avtomobillarga yonilgʻi quyish stansiyalarida neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, berish va hisobga olishning belgilangan qoidalarini buzish, —
eng kam oylik ish haqining uch barobaridan yetti barobarigacha miqdorda shtraf solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday xatti-harakatlar maʼmuriy jazo berilganidan keyin bir yil mobaynida takror sodir etilsa, —
eng kam oylik ish haqining yetti barobaridan oʻn barobarigacha miqdorda shtraf solishga sabab boʻladi”.
Belgilab qoʻyilsinki, 174-2-moddada nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi protokollar “Oʻzdavneftmahsulot” tizimi va davlat soliq organlarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi;
4) 232-modda “170” raqamidan keyin “174-2”- raqami bilan toʻldirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1959-yil 21-maydagi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda):
1) 180-2-moddada:
birinchi qismning jazo belgilovchi qismidagi “yuz soʻmdan ikki yuz soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining oʻn barobaridan oʻn besh barobarigacha miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismning jazo belgilovchi qismidagi “yuz soʻmdan uch yuz soʻmgacha” degan soʻzlar “eng kam oylik ish haqining oʻn besh barobaridan yigirma barobarigacha miqdorda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) Kodeks quyidagi mazmundagi 180-3-modda bilan toʻldirilsin:
