14-modda
Veterinariya-sanitariya sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 24.11.2003 · Amalda
Ushbu Konvensiya Ahdlashuvchi Tomonlarning diplomatik kanallar orqali uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabar olingan kundan oʻttiz kun oʻtgach kuchga kiradi.
Ushbu Konvensiya besh yillik muddatga tuziladi. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni, tegishli muddat tugashidan kamida olti oy oldin diplomatik kanallar orqali ushbu Konvensiyaning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilmasa, uning faoliyati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayadi.
Sofiya shahrida 2003-yil 24-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, bolgar va rus tillarida boʻlgan bir xil maʼnoda tuzildi. Ushbu Konvensiya qoidalarini talqin qilishda qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan holda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
