2-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
Ushbu Bitim maqsadlarida unda qoʻllaniladigan taʼriflar quyidagilarni anglatadi;
1. Tashuvchi — ichki qonunchilik tomonidan belgilangan, Tomonlardan birining davlati hududida roʻyxatga olingan, ushbu davlat ichki qonunchiligiga muvofiq avtomobilda yoʻlovchi va yuklarni xalqaro tashish huquqiga ega boʻlgan jismoniy, yuridik shaxs yoki boshqa birlikni anglatadi;
2. Avtotransport vositasi — qurilishi yoʻlovchi va yuklarni avtomobilda tashishga moʻljallangan, dvigatel oʻrnatilgan transport vositasi;
ushbu atama, shuningdek shatakli avtomobil, tirkama yoki yarim tirkamadan tashkil topgan avtoyoʻl toʻplamini ham oʻz ichiga oladi.
3. Avtobus — haydovchi oʻrnini ham qoʻshib hisoblaganda toʻqqizdan ortiq oʻrindiqqa ega boʻlgan, yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan transport vositasi;
4. Yoʻlovchilarni muntazam tashish — kelishilgan harakat yoʻnalishi va jadvali hamda tarif boʻyicha amalga oshiriladigan avtobusda yoʻlovchilarni tashish;
5. Qatnab turish asosida tashish — quyidagi qoʻshimcha shartlarni bajargan holda, tashkillashtirilgan yoʻlovchilar guruhining qoʻzgʻalish joyi va belgilangan manzil oʻrtasida bir necha marta u yerga va orqaga tashishlar:
1) belgilangan manzilga yetkazib qoʻyilgan har bir guruh shaxslari, xuddi shu tarkibda qoʻzgʻalish joyiga qaytadilar;
2) belgilangan joyga joylashtirishda yoki qatnov davomida;
3) belgilangan manzilga birinchi va oxirgi qaytish qatnovi avtobusda yoʻlovchilarsiz amalga oshiriladi.
Qoʻzgʻalish joyi va belgilangan manzil deganda joʻnash yoki belgilangan manzildan 50 kilometr radiusda joylashgan yerlar bilan birga qoʻzgʻalish joyi va belgilangan manzil tushuniladi.
6. Yoʻlovchilarni nomuntazam tashish — mazkur moddaning 4- va 5-bandlaridan tashqari boshqa tashuvlar.
