11-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Ushbu Bitim qoidalarining toʻgʻri bajarilishini taʼminlash maqsadida Tomonlarning vakolatli organlari Aralash Komissiya tuzadilar.
2. Aralash Komissiya har ikkala Tomonlardan birining iltimosiga koʻra navbatma-navbat Oʻzbekiston Respublikasi hududida va Polsha Respublikasi hududida chaqiriladi.
3. Aralash Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1) yoʻlovchilarni tashishga ruxsatnomalar berish tartibi va shartini aniqlash;
2) yuk tashishga beriladigan ruxsatnomalarning toifasini, shuningdek ularni ishlatish shartlari va usullarini aniqlash;
3) ushbu Bitimning alohida qoidalari bajarilishiga javobgar boʻlgan vakolatli organlar toʻgʻrisida axborot almashish;
4) ushbu Bitimning qoʻllanilishi borasida yuzaga keladigan masalalarni koʻrib chiqish.
