10-modda
Xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 10.07.2003 · Amalda
1. Jihoz, shuningdek avtotransport vositasining normal ekspluatatsiyasi uchun zarur boʻlgan zaxiralar, shu jumladan har bir avtotransport vositasining modeli uchun tayyorlovchi zavodda koʻzda tutilgan idishlardagi yoqilgʻi hamda mashina moylari va moylash materiallarini Tomonlar davlati hududiga olib kirishda ushbu Tomon davlatining ichki qonunchiligiga muvofiq boj, soliq va boshqa toʻlovlardan ozod etiladi.
2. Boshqa Tomon davlati hududida halokatga uchragan yoki shikastlangan avtotransport vositasini taʼmirlash maqsadida vaqtincha olib kirilgan ehtiyot qismlar Ushbu Tomon davlati ichki qonunchiligiga muvofiq boj, soliq va boshqa toʻlovlardan ozod qilinadi.
Ishlatilmagan ehtiyot qismlar va almashtirilgan ehtiyot qismlar ushbu Tomon davlati ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur Tomon davlati hududidan olib chiqib ketilishi lozim.
