13-modda
Madaniyat va fan sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 14.01.2004 · Amalda
1. Ushbu Bitim Ahdlashuvchi tomonlar uni kuchga kiritish uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim 5 yil muddatga tuzilmoqda va amal qilish muddati oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga choʻziladi, agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonga yozma ravishda tegishli muddat tugashidan 6 oy oldin ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish haqidagi niyati toʻgʻrisida xabardor qilmasa.
3. Ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish unga muvofiq tuzilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirish hamda ular uni amal qilish muddatida vujudga kelgan va Bitim amal qilishining tugash vaqtiga bajarilmagan majburiyatlarga taʼsir etmaydi, agar Ahdlashuvchi Tomonlar boshqa toʻgʻrisida kelishib olmasalar.
Pekin shahrida 2004-yil 14-yanvarda ikki nusxada, har biri oʻzbek, mongol va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitimning qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
