24-modda
Avtomobillarda xalqaro yoʻlovchi va yuk tashishni oʻzaro tartibga solish boʻyicha · Sana: 21.11.2000 · Amalda
Boshqa Ahdlashuvchi Tomon hududida ushbu Bitim qoidalari buzilsa, buzish hollari yuz bergan mamlakatda qoʻllanadigan sanksiyalar saqlangani holda, qoidani buzgan transport vositasi roʻyxatga olingan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari, boshqa Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari bergan maʼlumotlar boʻyicha, quyidagi sanksiyalardan birini qoʻllaydilar:
1) ogohlantirish;
2) qoidabuzarlik yana takrorlansa, 3- va 4-bandlardagi choralar qoʻllanishi toʻgʻrisida ogohlantirish;
3) qoidabuzarlik amalga oshirilgan mamlakatga tashishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning amal qilishini vaqtinchalik toʻxtatish;
4) qoidabuzarlik amalga oshirilgan mamlakatga tashishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning olib qoʻyilishi.
