Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Ushbu Kodeksning 56-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olish amalga oshirilganidan keyin ortiqcha toʻlangan soliqlarning qolgan summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali qaytarilishi kerak.
Ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish davlat soliq xizmati organi qaytarish uchun soliq toʻlovchining yozma arizasi, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan arizasi asosida xulosa taqdim etgan taqdirda, qaytarish toʻgʻrisidagi ariza topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligi tomonidan amalga oshiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 57-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqlar summalarini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/57 (lex.uz/docs/-1286558)