370-modda. Soliq toʻlovchilar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Bir kalendar yilda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanadi.
Bir kalendar yil davomida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi belgilangan miqdordan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan miqdor oshgan oyning keyingi oyidan boshlab yagona soliq toʻlovini toʻlashga oʻtadi.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, oilaviy tadbirkorlik subyekti nomidan ish koʻradigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtgan oila aʼzosigina qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchi boʻladi.
Quyidagi yakka tartibdagi tadbirkorlar qatʼiy belgilangan soliqni toʻlovchilar hisoblanmaydi:
meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshiruvchilar;
Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilganlar.
