358-modda. Imtiyozlar
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yagona soliq toʻlovini toʻlashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida boʻlgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan yuridik shaxslar ozod qilinadi, bundan savdo, vositachilik, taʼminot-sotish va tayyorlov faoliyati hamda lotereyalar tashkil etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar mustasno. Ushbu imtiyozni olish huquqi belgilanayotganda xodimlarning umumiy soniga shtatda boʻlgan xodimlar kiritiladi.
Koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari — yagona yer soligʻi toʻlovchilar, koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklari reyestriga kiritilgan kundan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromad turlari boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashdan besh yil muddatga ozod etiladi.
