335-modda. Boshqa harakatlarni amalga oshirganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Fuqarolarni turar joyga qayd etganlik va roʻyxatdan chiqarganlik yoxud turgan joyi boʻyicha hisobga olganlik uchun davlat boji toʻlashdan quyidagilar ozod qilinadi:
qariyalar va nogironlarning internat-uylarida yashovchi qariyalar va nogironlar;
maktab-internatlar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan va yotoqxonalarda yashovchi oʻquvchilari.
Dehqon xoʻjaliklarini, davlat korxonalari negizida tuzilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarini, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
