293-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yer soligʻini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari yer soligʻini toʻlovchilar boʻlgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi.
Ushbu Kodeksning 290-moddasida koʻrsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi.
Yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirilgan holda yoki toʻlov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1-maydan kechiktirmay topshiriladi.
Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida yer soligʻini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq toʻlovchiga yer soligʻi summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishlari kerak.
