286-modda. Soliq toʻlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yer soligʻini toʻlash:
mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan — yer soligʻi yillik summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak birinchi oyining 10-sanasigacha;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan — yer soligʻi yillik summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasigacha.
Soliq davri mobaynida yer soligʻi toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Yagona yer soligʻi toʻlashga oʻtmagan qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yer soligʻini toʻlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
