Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ tomonidan belgilanadigan soliq solish obyektlarining kadastr qiymati toʻlovchilar uchun soliq solinadigan bazadir.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkini baholash boʻyicha vakolatli organ tomonidan aniqlangan soliq solish obyektining bahosi mavjud boʻlmagan taqdirda, mol-mulkning qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartli qiymati soliq solinadigan bazadir.
Bitta jismoniy shaxs bir nechta soliq solish obyekti boʻyicha toʻlovchi boʻlgan taqdirda, soliq solinadigan baza har bir obyekt boʻyicha alohida-alohida hisoblab chiqiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 274-modda. Soliq solinadigan baza Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/274 (lex.uz/docs/-1286558)