2691-modda. Soliq stavkasi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi soliq solinadigan bazaning 2 foizi miqdorida belgilanadi.
Normativ muddatlarda belgilanmagan jihozlar va normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlariga mol-mulk soligʻi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ikki karra oshirilgan stavkada toʻlanadi.
Normativ muddatda tugallanmagan qurilish obyektlari, boʻsh turgan binolar, yashash uchun moʻljallanmagan inshootlar boʻyicha, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq ushbu maydonlardan samarasiz foydalanilayotganligi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqarilgan xulosa asosida, oshirilgan stavkalar boʻyicha toʻlanadi.
