2264-modda. Qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish va toʻlashning soddalashtirilgan tartibiga oʻtgan soliq toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻining farqlangan stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r Toʻlovchilar Soliq stavkalari soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda 1. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi yuridik shaxslar, 2 — 6 bandlarda nazarda tutilganlar bundan mustasno 7 2. Qurilish tashkilotlari 8 3. Chakana, ulgurji, shuningdek ulgurji-chakana savdoni amalga oshiradigan savdo korxonalari 6 4. Umumiy ovqatlanish, mehmonxona xoʻjaligi korxonalari 10 5. Kasbiy xizmatlar koʻrsatadigan yuridik shaxslar (auditorlik xizmatlari, soliq maslahati xizmatlari, konsalting xizmatlari, brokerlik xizmatlari va boshqalar) 15 6. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini, realizatsiya qiladigan yuridik shaxslar oʻzining ishlab chiqarish mahsulotlari bundan mustasno 4
Qoʻshilgan qiymat soligʻining turli farqlangan stavkalari belgilangan bir necha faoliyat turlari bilan shugʻullanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar ushbu faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob yuritish hamda soliq toʻlovchilarning tegishli toifalari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashi kerak.
