225-modda. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan har oyda hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa — yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi.
Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrini taqdim etadi. Soliq toʻlovchilar, bundan kredit va sugʻurta tashkilotlari mustasno, qoʻshilgan qiymat soligʻining hisob-kitobi bilan bir vaqtda soliq davri mobaynida olingan va realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobvaraq-fakturalar reyestrlarini taqdim etadi.
