Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Soliq solinadigan oborotlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻi soliq solinadigan oborot boʻyicha hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan ushbu Kodeksning 218-moddasiga muvofiq hisobga olinadigan soliq summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Tovarlarni import qilish boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi soliq solinadigan baza va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 224-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/224 (lex.uz/docs/-1286558)