222-modda. Hisobvaraq-faktura
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Hisobvaraq-faktura qatʼiy hisobot hujjati boʻlib, unda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
1) hisobvaraq-fakturaning tartib raqami va yozib berilgan sanasi;
2) hisobvaraq-faktura ilova qilinadigan tovar joʻnatish hujjatlarining yoki shartnomaning raqami va sanasi;
3) soliq toʻlovchining va tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib oluvchining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda identifikatsiya raqami;
4) realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning nomi va oʻlchov birliklari (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa);
5) oʻlchov birligidan (ularni koʻrsatishning imkoniyati boʻlsa) kelib chiqqan holda realizatsiya qilingan tovarlarning, bajarilgan ishlarning, koʻrsatilgan xizmatlarning hisobvaraq-faktura boʻyicha soni (hajmi);
6) shartnoma (kontrakt) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda, qoʻshilgan qiymat soligʻini oʻz ichiga oladigan davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar (tariflar) qoʻllanilgan taqdirda esa, soliq summasini hisobga olgan holda oʻlchov birligiga toʻgʻri keladigan narx (tarif);
7) realizatsiya qilinayotgan tovarlar, bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar jami sonining (hajmining) qoʻshilgan qiymat soligʻisiz qiymati;
8) aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻining stavkasi va summasi;
9) tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) sotib oluvchisiga taqdim etilayotgan qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi va summasi;
10) realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar jami sonining (hajmining) aksiz toʻlanadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻi va qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olingan holdagi qiymati.
Hisobvaraq-faktura qogʻozdagi shaklda yoki elektron hujjat tarzida tuzilishi mumkin.
Qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan oborotni va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlmagan yuridik shaxslar tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) oluvchi shaxsga hisobvaraq-faktura taqdim etishlari shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
1) yoʻlovchilar tashishni yoʻl chiptalari bilan rasmiylashtirish;
2) tovarlar (ishlar, xizmatlar) aholiga naqd pulda realizatsiya qilingan hollarda sotib oluvchiga fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasi cheki, terminal cheki, kvitansiya berish;
