Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Yirik soliq toʻlovchilar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan mezonlardan kelib chiqqan holda, soliq maʼmuriyatchiligiga mansub boʻladigan ayrim toifadagi yuridik shaxslardir. Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha mezonlar soliq toʻlovchilarga soliq solish tartibini tanlash yoki oʻzgartirish huquqini bermaydi.
Yirik soliq toʻlovchilar jumlasiga kiritilgan yuridik shaxslar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida bu haqda hisobga qoʻyilgan joy boʻyicha yozma ravishda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 222-modda. Yirik soliq toʻlovchilar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/222 (lex.uz/docs/-1286558)