Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Notijorat tashkilotlari deganda foyda olishni faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan va olingan daromadlarni oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydigan yuridik shaxslar tushuniladi.
Notijorat tashkilotlariga budjet tashkilotlari, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar kiradi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1286558
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 17-modda. Notijorat tashkilotlari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-1286689/17 (lex.uz/docs/-1286558)