128-modda. Soliq solinadigan baza
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Soliq solinadigan baza jami daromad bilan ushbu boʻlimda nazarda tutilgan chegirib tashlanadigan xarajatlar oʻrtasidagi farq sifatida, mazkur Kodeks 158-moddasining ikkinchi qismida, boshqa qonunlarda va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida, alohida hollarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar hamda ushbu Kodeksning 159-moddasiga muvofiq soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi summalari inobatga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi.
Oʻtgan soliq davrlariga tegishli, joriy soliq davriga oʻtkazilishi lozim boʻlgan zararlar mavjud boʻlsa, soliq solinadigan baza ushbu Kodeksning 161-moddasiga muvofiq taqsimlab oʻtkaziladigan zararlar summasiga kamaytiriladi.
