109-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod qilish
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi · Sana: 25.12.2007 · Amalda
Shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun quyidagi holatlardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda javobgarlikka tortilishi mumkin emas:
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganligi faktining yoʻqligi;
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishida shaxsning aybi yoʻqligi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa holatlar ham mavjud boʻlgan taqdirda, shaxs soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi oʻtkazilguniga qadar xatoni oʻzi tuzatgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi, penya toʻlash bundan mustasno.
Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish chogʻida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan tadbirkorlik subyekti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplagan, shu jumladan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlagan taqdirda, unga nisbatan jarimalar hamda moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qoʻllanilishi mumkin emas.
