10-modda. Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari
Avtomobil transporti toʻgʻrisida (674-I-son) · Sana: 29.08.1998 · Amalda
Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organining asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
avtomobilda tashishlarni tashkil etish va takomillashtirishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
avtomobil transportini rivojlantirish milliy dasturlari konsepsiyasini ishlab chiqish;
respublika va aholining tashishlarga boʻlgan davlat ehtiyojlari istiqbolini ishlab chiqish;
avtomobil transporti sohasida yagona investitsiya, ilmiy-texnika va ijtimoiy siyosatni shakllantirish va yuritish;
avtotransport xizmatlari bozorini shakllantirish va rivojlantirishga koʻmaklashish;
yoʻlovchilar, bagaj va yuklar tashishni litsenziyalashni tashkil etish va takomillashtirish;
tashuvchilar va mijozlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish;
kadrlarni oʻqitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
avtomobil transporti toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
avtomobil transporti sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Avtomobil transportini boshqaruvchi davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
