20-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilishi ustidan nazorat qilish
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida (425-XII-son) · Sana: 19.11.1991 · Amalda
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari ustidan davlat nazoratini, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chogʻida foydalaniladigan pul mablagʻlarining kelib chiqishi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
