24-modda. Dehqon xoʻjaligining faoliyatini toʻxtatish tartibi
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
1. Dehqon xoʻjaligi faoliyatini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror nohiya hokimi tomonidan ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan asoslarda qabul qilinadi.
2. Dehqon xoʻjaligining faoliyatini toʻxtatish bilan bogʻliq nizolar sud orqali hal etiladi.
3. Dehqon xoʻjaligidan davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qoʻyish — xoʻjalik ixtiyoriga koʻra, unga shu erga teng yer uchastkasi ajratilib, uning yer maydoni kimga berilayotgan boʻlsa, shu korxona, muassasa, tashkilot tomonidan olib qoʻyilayotganlarining oʻrniga yangi joyda uy-joy, ishlab chiqarish va oʻzga imoratlar qurib berilgach hamda yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda oʻrni toʻla hajmda toʻlangach amalga oshiriladi.
4. Dehqon xoʻjaligining faoliyati toʻxtatilgan taqdirda uning mol-mulki xoʻjalikda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan shaxslar mehnatiga haq toʻlash uchun, budjet toʻlovlari toʻlash, banklarning ssudalarini qaytarish hamda oʻzga qarz berganlar bilan hisob-kitob qilish uchun ishlatiladi.
Dehqon xoʻjaligining faoliyati toʻxtatilishi bilanoq xoʻjalik aʼzolarining egaligida boʻlgan turar joy, tomorqa, shuningdek oʻzga mol-mulk ular ixtiyorida saqlanib qoladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
654-XII-son
