23-modda. Dehqon xoʻjaligi faoliyatining toʻxtatilish asoslari
Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida (654-XII-son) · Sana: 03.07.1992 · Amalda
Dehqon xoʻjaligining faoliyati quyidagi hollarda toʻxtatiladi:
xoʻjalik faoliyatini davom ettirishni istaydigan xoʻjalikning birorta aʼzosi, merosxoʻr yoki oʻzga shaxs qolmagan boʻlsa;
yer maydoniga egalik qilish va undan foydalanish huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechilganda;
yer maydoni berilgan muddat tugagan va yerga egalik qilish yoki undan foydalanish huquqini tiklash imkoni boʻlmagan taqdirda;
erdan oʻzga maqsadlarda foydalanilganda, yer maydonidan samarasiz foydalanilganda, kadastr bahosi meʼyoridan muttasil past darajada mahsulot olingan taqdirda;
erlarning ekologik holati buzilgan taqdirda;
yer maydoni belgilangan tartibda davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda;
dehqon xoʻjaligi toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan deb eʼlon qilinganda;
yer soligʻi yoki ijara haqi muntazam ravishda belgilangan muddatlarda toʻlanmayotgan boʻlsa;
basharti dehqon xoʻjaligi roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatini boshlamagan boʻlsa;
dehqon xoʻjaliklarining faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunlar bir necha bor yoki bir marta, lekin qoʻpol ravishda buzilgan taqdirda;
shartnoma talablarini buzganligi sababli ijara shartnomasi bekor qilinganda;
dehqon xoʻjaligi qaytadan tuzilganda.
