61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-117-son) · Sana: 02.10.2007 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi:
yoʻl qurilishi, yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
qurilishi tugallangan yoʻl obyektlarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;
avtomobil yoʻllari sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi tegishli normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
yoʻl-qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini standartlashtirish hamda sertifikatlashtirishga doir ishlarni amalga oshiradi;
avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarning murojaatlariga koʻra yoʻl obyektlarining sifat koʻrsatkichlarini aniqlaydi;
yoʻl obyektlaridan foydalanishga doir ishlarning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
