5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avtomobil yoʻllari sohasidagi vakolatlari
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-117-son) · Sana: 02.10.2007 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
avtomobil yoʻllari sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;
davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining avtomobil yoʻllari sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari roʻyxatini tasdiqlaydi;
avtomobil yoʻllari toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
