25-modda. Avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya qilmaganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligi
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-117-son) · Sana: 02.10.2007 · Amalda
Avtomobil yoʻllari qaysi yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻsha yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanuvchilarga avtomobil yoʻlidagi nosozliklar tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda qoplashi shart.
Avtomobil yoʻlidan oʻtish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻladigan ishlarni bajarayotgan yuridik va jismoniy shaxslar avtomobil yoʻllaridan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik, shuningdek avtomobil yoʻlining tegishli uchastkalarida va aylanib oʻtish joylarida transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlamaganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
