24-modda. Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilarning majburiyatlari
Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida (O‘RQ-117-son) · Sana: 02.10.2007 · Amalda
Avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar:
avtomobil yoʻliga qoʻshiladigan va shoxobcha yoʻllarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;
ajratilgan mintaqadagi dov-daraxtlarni asrash va saqlashga koʻmaklashishlari;
avtomobil yoʻliga tutash butalarni parvarish qilishlari va imoratlarni soz holatda saqlashlari shart.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻliga tutash yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari va ulardan foydalanuvchilar avtomobil yoʻli oʻqidan ellik metrdan kam boʻlgan masofada toshlar, shox-shabba, konstruksiyalar va boshqa materiallar toʻplanishiga yoʻl qoʻymasliklari shart.
