“1961-modda. Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslik va ularning qonuniy faoliyatiga qarshilik koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-114-son) · Sana: 20.09.2007 · Amalda
Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini noqonuniy kesib oʻtish bilan bogʻliq harakatlarni toʻxtatish, shuningdek zarur hujjatlarni toʻkdim etish haqidagi qonuniy talablarini bajarmaslik —
eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining qonuniy talablarini bajarmaslikka har qanday koʻrinishda omma oldida daʼvat etish, ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida atayin soxta uydirmalar tarqatish yoʻli bilan chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining oʻz qonuniy faoliyatini amalga oshirishiga qarshilik koʻrsatish, xuddi shuningdek chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining huquqbuzarliklarni toʻxtatish haqidagi qonuniy talablariga boʻysunmaslik, —
eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
2) quyidagi mazmundagi 2241, 2242-moddalar bilan toʻldirilsin:
