“191-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazishni tartibga solish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-109-son) · Sana: 14.09.2007 · Amalda
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish —
ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etishga jalb qilish —
ana shu oʻyinlar buyumlarini, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish yoki oʻtkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi provayderlari tomonidan xizmatlar koʻrsatish yoki xizmatlar koʻrsatishga koʻmaklashish, tegishli dasturiy taʼminotdan nusxa koʻpaytirish, uni koʻpaytirish, tarqatish —
kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuningdek oʻyinga tikilgan hamda oʻyindagi yutuq boʻlgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, №1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar) 984-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
