“7-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (627-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Qoraqalpogʻiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi vakolatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan belgilanadi”.
6. 10-moddaning ikkinchi qismidagi “sovet fuqarolari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7. 11-moddaning sarlavhasidagi va birinchi qismidagi “va SSR Ittifoqi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Shu moddaning ikkinchi qismidagi “yoxud SSSRning savdo yoki boshqa vakolatxonalari huzurida respublika vakolatxonalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
8. 12-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida uning qonunlariga muvofiq chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari hamda fuqarolari ishtirokida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliya tashkilotlari tuzilishi mumkin”.
12-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida erkin iqtisodiy zonalar tuzilishi mumkin, bu zonalarda xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish shartlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi”.
9. 13-moddaning yettinchi xatboshisidagi “SSSR davlat chegarasi orqali” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
10. 17-moddaning birinchi qismidagi “6-moddasida” degan soʻzlar “5-moddasida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 18-moddaning birinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi” degan soʻzlar “davlat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. Karimov
Toshkent sh.,
1992-yil 2-iyul,
627-XII-son
